“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi!“
Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar davlat tomonidan toʻliq qoplab beriladi. Yangilangan akadem.ilmiy.uz paltformasida loyiha topshirish jarayoni toʻliq raqamlashtirildi. Endilikda talabgorlar uchun hujjat topshirish jarayoni yanada qulay va oson.
Loyihalar “Akademik harakatchanlik” dasturi maxsus elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish huquqini beradi.
Dasturda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan shartlar:
- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’i nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.
Kerakli hujjatlar:
- Nomzod faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa yo‘llanma xati.
- Ilmiy-tadqiqot loyihasi (loyiha kalendar rejasi, loyiha xarajatlar smetasi).
- Nomzodlarning loyihalari ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
- Loyihaga nomzodning ma’lumotnoma-obyektivkasi (anketa) ilova qilinadi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati nomzodning ilmiy rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
- Qabul qiluvchi tashkilotning rozilik xati Innovatsion rivojlanish agentligi nomiga (tashkilot rasmiy blankida hamda tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart).
- Ilmiy loyihaning taqdimoti (10 ta slayddan oshmagan).
📌 Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
✅ Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
📥 Loyihalar 10-martdan 30-martgacha qabul qilinadi.
❇️ Bog‘lanish uchun: (71) 203-32-23 (219).