

“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida loyihalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida akadem.ilmiy.uz elektron platformasi sezilarli darajada yangilandi va raqamlashtirildi.
Avvalgi tanlovlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, topshirilgan loyihalarning 50 foizdan ortig‘ida bir qator texnik va hisob-kitob bilan bog‘liq kamchiliklar uchragan. Jumladan:
Platformaning yangi versiyasida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlari, raqamli tekshiruvlar va tizimli ko‘rsatmalar joriy etildi. Natijada loyiha talabnomalarini tayyorlash jarayoni yanada aniq, qulay va shaffof bo‘ldi.
Shuningdek, tanlov jarayonining muhim bosqichlari — texnik ekspertiza, ilmiy ekspertiza hamda suhbat jarayonlari endilikda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida qo‘llab-quvvatlanadi. Bu esa loyiha talabnomalarini ko‘rib chiqish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish va xolis baholash mexanizmlarini kuchaytirish imkonini bermoqda.
Yangi tizimning yana bir muhim afzalligi shundaki, talabgorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni talab qiladigan safarlar zarurati kamaydi. Endilikda suhbat (taqdimot) jarayonlari uchun talabgorlar o‘zlariga eng yaqin hududdagi Yoshlar texnoparklariga tashrif buyurgan holda tanlov bosqichida ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur yangilanishlar:
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida joriy etilgan ushbu yangiliklar yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun yanada ochiq, adolatli va innovatsion tanlov muhitini shakllantirishga qaratilgan.