“Akademik harakatchanlik” dasturi 2026-yil 2-choragi uchun tanlov e’lon qilinadi
“Akademik harakatchanlik” dasturida doirasidagi tanlovda yosh olimlar barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish
va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.
Akademik harakatchanlik dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur.
Yaʼni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻzlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun tanlov asosida foydalanishlariga imkon beruvchi dastur.
“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi boʻyicha arizalar 2026-yil
4-iyundan 4-iyulga qadar qabul qilinadi.
1. Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:
- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining
200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi lozim.
2. Tanlov doirasida Ilmiy loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning
4-iyul soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun oʻzi faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasining yoʻllanma xati bilan loyihani “Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizimi orqali Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etadi.
3. Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:
ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi va dolzarbligi (500 ta soʻzdan oshmagan holda);
ilmiy-tadqiqot ishining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar (500 ta soʻzdan oshmagan holda);
nashr etgan ilmiy ishlari roʻyxati (mavjud boʻlsa) (soʻnggi 5 yilda);
qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi nomiga taqdim etilgan rozilik xati;
ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zarurati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar.
1. Nomzodlarning loyihalari ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
2. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati nomzodning ilmiy rahbari tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizimi orqali tasdiqlanadi.
3. Belgilangan talablarga javob beradigan loyihalar “Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizimi orqali suhbat tashkil etiladi.
4. Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan ilmiy loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
5. Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
6. Arizalarni “Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizimi (akadem.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.
Arizalar topshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 (219).

“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi!“
Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar davlat tomonidan toʻliq qoplab beriladi. Yangilangan akadem.ilmiy.uz paltformasida loyiha topshirish jarayoni toʻliq raqamlashtirildi. Endilikda talabgorlar uchun hujjat topshirish jarayoni yanada qulay va oson.
Loyihalar “Akademik harakatchanlik” dasturi maxsus elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish huquqini beradi.
📌 Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
✅ Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
📥 Loyihalar 10-martdan 30-martgacha qabul qilinadi.
❇️ Bog‘lanish uchun: (71) 203-32-23 (219).

2025-yil 15-iyuldan "Akademik harakatchanlik" dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi.
Loyihalar “Akademik harakatchanlik” dasturi maxsus elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish huquqini beradi.
📌 Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
✅ Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
📥 Loyihalar 15-iyuldan 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Zamonaviy laboratoriyalar, noyob ilmiy obyektlar, tajriba-konstruktorlik byurolari — bularning barchasidan bepul foydalanmoqchimisiz?
Unda "Akademik harakatchanlik" dasturida ishtirok eting!
Hujjat topshirish: 2025-yil 7.05 – 30.06
Onlayn platforma: akadem.ilmiy.uz
Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish:

2025-yil 15-iyuldan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi.