

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2025-yilning 6-maydan 30-iyungacha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari doirasida “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida loyihalar qabul qilish boʻyicha eʼlon berildi hamda dasturda ishtirok etish boʻyicha 198 ta arizalar kelib tushdi.
Kelib tushgan arizalar 1-bosqich Ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqib 59 tasi saralab olindi.
Joriy yilning 14-iyuldan – 18-iyulgacha 2-bosqich Ishchi guruh tomonidan ushbu 59 ta loyiha taqdimotlari reja jadval asosida koʻrib chiqilishi maʼlum qilamiz.
Loyihasini taqdimot qiladigan nomzodlar belgilangan reja-jadval asosida Innovatsion rivojlanish agentligiga yetib kelishlari shart. Taqdimotda ishtirok etmagan nomzodlar baholanmaydi.
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida taqdim etilgan loyihalar taqdimotlari
REJA-JADVALI
|
T/R |
Sana |
Hudud |
Loyihasi taqdimot qilinadigan nomzodlar soni |
Umumiy |
|
1. |
14.07.2025 yil 10:00-14:00 gacha |
Toshkent shahar
|
12 |
12 |
|
2. |
15.07.2025 yil 10:00-14:00 gacha
|
Toshkent shahar |
6 |
12 |
|
Chirchiq shahri |
1 |
|||
|
Jizzax viloyati |
1 |
|||
|
Andijon viloyati |
2 |
|||
|
Namangan viloyati |
2 |
|||
|
3. |
16.07.2025 yil 10:00-14:00 gacha
|
Samarqand viloyati |
8 |
12 |
|
Navoiy viloyati |
2 |
|||
|
Qashqadaryo viloyati |
1 |
|||
|
Xorazm viloyati |
1 |
|||
|
4. |
17.07.2025 yil 10:00-14:00 gacha |
Surxondaryo viloyati |
12 |
12 |
|
5. |
18.07.2025 yil 10:00-14:00 gacha |
Surxondaryo viloyati
|
11 |
11 |
|
|
Jami |
59 |
||