

“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi!“
Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar davlat tomonidan toʻliq qoplab beriladi. Yangilangan akadem.ilmiy.uz paltformasida loyiha topshirish jarayoni toʻliq raqamlashtirildi. Endilikda talabgorlar uchun hujjat topshirish jarayoni yanada qulay va oson.
Loyihalar “Akademik harakatchanlik” dasturi maxsus elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish huquqini beradi.
📌 Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
✅ Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
📥 Loyihalar 10-martdan 30-martgacha qabul qilinadi.
❇️ Bog‘lanish uchun: (71) 203-32-23 (219).